Главная » Musiqa Va Kino » Toshkentda “Mening Toshkentim” myuzikliga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 76
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Toshkentda “Mening Toshkentim” myuzikliga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi

2016 » Май » 9




8-may kuni estrada va kino yulduzlari ishtirokida “Mening
Toshkentim” myuzikli premerasiga bag‘ishlangan tadbir
bo‘lib o‘tdi. Bu haqda myuzikl tashkilotchilari “Daryo”
nashriga ma’lum qildi.

Tadbir ishtirokchilari Toshkentning ko‘zga ko‘ringan
obidalari — “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui, “Minor”
masjidi, Hazrati Imom majmualarini ikki qavatli
avtobusda ziyorat qildi. Eng so‘nggi bekat — myuzikl bosh
homiysi Murad Buildings kompaniyasi tomonidan qurilgan
“Gulsaroy” turar-joy majmuasida kichik shou-dastur
namoyish etildi.
“Istiqlol” san’at saroyida 13—15-may kunlari namoyishi
etilishi rejalashtirilgan “Mening Toshkentim” myuziklida
Fotima Rejametova, Muhammadiso Abdulxairov, Hasan
va Husan Solihovlar, Ozodbek Nazarbekov, Karen
Gafurjanov, Jasur Mirsoatov, Matin, “VIA Sharq”, “Sado”
guruhlari kabi xonandalar, aktyorlar, rejissyor va
bastakorlarlar qatnashadi.
Ssenariyda qadimiy va hamisha navqiron shaharning bir
mahalla ahli misolidagi hayoti — orzu va quvonchlari,
muhabbat va oila, shodlik va xayajonlari aks ettirilgan.
“Mening Toshkentim” myuziklida retro musiqalar
zamonaviy talqinda ijro etiladi, original raqslar, yorqin
kostyumlar, realistik sahna bezaklari bilan boyitiladi.

Tashkilotchilar “Mening Toshkentim” myuzikli
Toshkentning “tashrif qog‘ozi” bo‘lib qolishiga va
muxlislar qalbidan o‘rin egallashiga umid qilmoqda. “Bir
kunini sevimli shahriga bag‘ishlashni maqsad qilgan
san’atkorlar Toshkent ahli va mehmonlari uchun o‘ziga
xos namuna bo‘la oladi”, — deydi tadbir tashkilotchilari.

Просмотров: 444 | Категория: Musiqa Va Kino | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!