Главная » O'zbekiston yangiliklari » Toshkentda “Tez yordam” shifokorini do‘pposlagan erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Октябрь 2019  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
28293031
Статистика
Мобильная версия сайта

Toshkentda “Tez yordam” shifokorini do‘pposlagan erkakka nisbatan jinoiy ish qo‘zg‘atildi



Avvalroq Ijtimoiy tarmoqlarda shifokor-kardiolog Jahongir Hojiyev o‘zining kaltaklanganiga oid ma’lumotlar qoldirgani haqida xabar berilgan edi.

Keyinroq Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov Jahongir Hojiyevning holidan xabar olgan hamda tibbiyot xodimiga nisbatan sodir etilayotgan har bir noqonuniy xatti-harakatlar uchun qat’iy javobgarlikni kuchaytirish barobarida uni nazoratga olish kerakligi bo‘yicha Bosh prokuraturaga murojaat qilgan edi.

Toshkent shahar IIBB matbuot xizmatining xabar berishicha, ushbu holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

“Aniqlanishicha, Jahongir H. o‘z xizmat vazifalarini bajarish davomida 21 yoshli feldsher bilan birga chaqiruv tomon yo‘l olgan. Yetib kelishgach, o‘zini yomon his qilayotgan Dildora M.ga ukol qilib, uni shifoxonaga yetkazishdi. Qizning shifoxonaga mast holatda kelgan 29 yoshli akasi Mirhayot M. avval shifokorlarni haqorat qilib, so‘ng Jahongir H.ni urgan.

Ushbu fakt asosida O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi”, — deyiladi poytaxt IIBB xabarida.

Просмотров: 16 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:KILLER


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!