Главная » Dunyo Yangiliklari » Turkiya prezidenti urib tushirilgan Su-24 uchun Putindan kechirim so`radi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Turkiya prezidenti urib tushirilgan Su-24 uchun Putindan kechirim so`radi

2016 » Июнь » 28




Rossiya prezidenti Vladimir Putinning matbuot
kotibi Dmitriy Peskov Turkiya prezidenti Rajab
Toyip Erdo`g`anning Su-24 qiruvchi
samolyotining urib tushirilgani yuzasidan,
Vladimir Putin nomiga kechirim so`rab yozgan
maktubini e`lon qildi, deb xabar qildi “Lenta.ru”
nashri.

“Rossiya Federasiyasi prezidenti Vladimir Putin
Turkiya prezidenti Rajab Toyip Erdo`g`anning
kechirim so`rab yozgan maktubini oldi. Unda
Turkiya rahbari Rossiya harbiy samolyotining urib
tushirilishi tufayli kelib chiqqan nizoli vaziyatni
bartaraf etish istagini bildirgan hamda Turkiya
hukumati nomidan halok bo`lgan uchuvchining
oila a`zolariga ta`ziya izhor etib, uzr so`ragan”,
dedi Dmitiriy Peskov.

Maktubning davomida Turkiya hukumati halok
bo`lgan uchuvchi Oleg Peshkovning jasadini
Suriya oppozisionerlari qo`lidan olish uchun bor
kuchi bilan harakat qilgani, dafn oldi
marosimlarini o`tkazishda diniy va harbiy qonun-
qoidalarga rioya etilgani haqida so`z yuritilgan.

“Men yana bir marotaba halok bo`lgan
uchuvchining oila a`zolariga chuqur ta`ziya izhor
etaman va ulardan kechirim so`rayman. Ularning
dardini qalban his qilaman, rossiyalik
uchuvchining oilasini turk oilasi deb qabul
qilaman. Ularning dardini engillashtirish uchun,
etkazilgan og`ir zararni qoplash uchun biz
qo`limizdan kelgancha tashabbus ko`rsatishga
tayyormiz”, deb yozgan Erdo`g`an. Xatda shu
bilan birga rossiyalik uchuvchining halokatiga
sababchi bo`lgan turkiyalik fuqaro ustidan tergov
harakatlari olib borilayotgani haqida ham aytib
o`tilgan.

Просмотров: 312 | Категория: Dunyo Yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!