Главная » Qiziqarli ma'lumotlar » Turmush qurgan ayol baxtsizligining 5 sababi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 76
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

Turmush qurgan ayol baxtsizligining 5 sababi

2016 » Май » 10




Mashhur stereotiplarga ko`ra, oiladagi nizolar
to`ydan 3,5,7 yil o`tgandan keyin boshlanadi.
Ammo psixologlarning fikricha, bunga yillarning
emas, ayollarning noto`g`ri fikrlari sabab bo`lishi
mumkin ekan. Marhamat, “Lady.mail.ru” nashri
sizlarni bu fikrlar bilan tanishtiradi.

1-sabab: “Turmushga chiqish — hayotdagi eng
asosiy maqsad” degan fikr

“Har bir qiz albatta turmushga chiqishi lozim”
degan fikr qizlarning ongiga muhrlanib qoladi va
bu fikr hayotdagi asosiy maqsadga aylandi.
Pasportga bosilgan nikoh shtampi har qanday
munosabatlardan ko`ra muhimroq tuyuladi.
Turmushga chiqmagan dugonalari ular uchun
“ikkinchi navli” insonlarga aylanadi. “Tezroq
turmushga chimasam, men ham ularga o`xshab
qolaman”, deb tezroq turmushga chiqishga
shoshiladilar.
Agar asosiy maqsad faqat turmushga chiqish
bo`lsa, to`ydan keyin u dolzarbligini yo`qotadi, u
bilan birga hayotning mazmuni ham yo`qoladi.
Mana orzusiga erishdi, endi nima bo`ladi?
“Rafiqa” bo`lish degani nima ekan? Notanish
vaziyat ayolda norozilik hislarini uyg`otadi va
o`zini noqulay seza boshlaydi. Bu esa birinchi
galda munosabatlarga putur etkazadi.

Nima qilish kerak: Qiziqishlar doirasini
kengaytirish lozim. Butun diqqat e`tiborni
qiziqarli, yoqimli, foydali mashg`ulotlarga
qaratish lozim. Bu yangi odatlarni yuzaga
keltiradi, endi nikoh haqida orzu qilmay, mavjud
voqelikdan quvonib yashashni, har bir voqea-
hodisadan zavqlanishni yuzaga keltiradi. Avvaliga
bu sizga qiyinchilik tug`dirsa-da, keyinchalik
sog`lom turmush tarzini shakllantiradi. Shundan
keyin ilgarigi hayotingiz bilan hozirgisini
solishtirib ko`rish imkoniyati tug`iladi.

2-sabab: “Haqiqiy hayot to`ydan keyin
boshlanadi”, degan fikr

“Turmushga chiqib olganimdan keyin nihoyat ...
degan orzuim amalga oshadi” deb umid qiladi
qizgina. U rafiqalikni biror mansabga mengzaydi,
pasportidagi shtampni katta hayotga yo`llanma
deb hisoblaydi. Endi u ilgari amalga oshira
olmagan orzularini ro`yobga chiqarishni istab
qoladi. Masalan, “Hozir haydovchilik
guvohnomasi shart emas, turmushga chiqsam,
bolalarimni metroda sudrab yurmaslik uchun
haydovchilik kurslariga borib o`qiyman” yoki
bo`lmasa, “Turmushga chiqsam, albatta
qimmatbaho po`stin sotib olaman, hozircha
ustimdagi paltom ham bo`laveradi”, degan
taqiqlarini amalga oshirishga harakat qiladi. Shu
paytgacha ota-onasining, odamlarning fikriga
quloq solib kelgani uchun endi hamma orzu-
niyatlariga etishishni istab qoladi. Agar bunga
turmush o`rtog`i qarshilik qiladigan bo`lsa,
hamma narsadan hafsalasi pir bo`ladi, uning
taqiqlariga bo`ysunishni istamaydi.

Nima qilish kerak: Xohish va istaklaringizga
diqqat bilan yondashing. Turmushga chiqmasdan
oldin orzularingizga kim yoki nima qarshilik
qilishini aniqlab olang. Turmushga chiqqandan
aynan qaysi niyatingizni amalga oshirishingizni
ham yana bir karra o`ylab ko`ring. Balki, to`ydan
oldin ularni amalga oshirish uchun sizga hech
qanday to`siq yo`qligi ma`lum bo`lar.

3-sabab: “Turmush o`rtog`im meni so`zsiz
tushunishi lozim”, degan fikr

Ba`zi bir ayollar “Meni turmush o`rtog`im so`siz
tushunadi” deb maqtanishadi. Ular uchun nikoh
“fikrlarni o`qish” musobaqasiga aylanib ketadi.
Ularning fikricha, sevishib turmush qurilsa, er va
xotin bir-birini so`zsiz tushunadi, baxtli hayot
kechirishadi.
Aslida esa muhabbat etarli garov emas, zaruriy
ehtiyojdir. Chunki his-tuyg`ular vafodorlikka,
ro`zg`or yukini bo`lishishda, farzandlar
tarbiyasida, kelajak rejalarini amalga oshirishda
kafolat bo`lolmaydi. Chunki bularning barini
amalga oshirish uchun er va xotin gaplashishi,
suhbalashishi lozim. Bunday hollarda ba`zan
fikrning to`g`riligini isbotlash uchun baland
ovozda gapirishga to`g`ri keladi. Bunday holatda
ayol baqirishni haqorat deb tushunishi, “Erga
tegib, baxtsiz bo`ldim”, deb o`ylashi mumkin.
Uning xayolida, oralarida muhabbat qolmaganday,
turmush o`rtog`i nazar-pisand qilmaganday
taassurot uyg`onadi.

Nima qilish kerak: Juftingiz sizning fikringizni
so`zsiz tushunishini kutib o`tirmang, uning his-
tuyg`ularini anglashga harakat qiling, qanday
kayfiyatda ekanligiga e`tibor bering. O`z xohish
va istaklaringiz haqida ochiq gapirishni, uning
istaklarini ham eshitishni o`rganing.

4-sabab: “Erim dunyoning barcha musibatlaridan
xalos etadi” degan fikr

“Ayol turmushga chiqsagina, baxtli bo`ladi”, deb
o`ylaydi qiz. U nikohni barcha yomonliklardan —
yolg`izlikdan, zerikishdan, qo`rquvdan va barcha
kasalliklardan asrovchi sehrli dori-darmonga
qiyoslaydi. Bunday munosabatlarning fojiali
tomoni shundaki, yigit ham nikohdan “davo”
izlaydi. Oqibatda yigit ham, qiz ham bir-biridan
kutgan natijaga erishmagach, o`zlarini aldangan
his qilib, norozi bo`lishadi. Ayol uchun nikoh
birinchi o`rinda antidepressant vazifasini o`taydi.
U to`ydan keyin ham munosabatlar ilk tanishgan
paytlari kabidek bo`lishni istaydi.
Munosabatlarning boshqacha tus olishini u ruhan
qabul qilolmaydi.

Nima qilish kerak: Eng avvalo turmushga
chiqishni davolovchi xususiyat deb o`ylashingizni
tan oling. Bunday qopqonga har qanday ayol
tushishi mumkin, u erkak oldiga keragidan ortiq
talab qo`yadi. Bu noto`g`ri, barcha muammolarni
turmushga chiqish yo`li bilan hal etib
bo`lmasligini tushunish lozim. Ularni hal
etishning boshqa yo`llarini qilirib ko`rish kerak
bo`ladi.

5-sabab: “Nikoh hayotimni tubdan o`zgartiradi”
degan noto`g`ri fikr

Ba`zan qizlar “Turmushga chiqsam, bu gadoy
topmas joylardan, katta shaharga ko`chib
ketaman”, deb o`ylaydi. Agar bu fikr amalga
oshsa xo`p-xo`p, ammo uni amalga oshirishning
imkoni bo`lmasa-chi? Shundan keyin ayolda
juftiga nisbatan nafrat hissi uyg`onadi. Masalan,
to`ydan oldin yigit qizga oila qurgach, chet elga
ketishga va`da bergan, ammo keyinchalik
vatanida unga yaxshi ish taklif etishgani uchun
chet elga borish fikridan voz kechgan bo`lsa,
rafiqasi kechirmaydi. Ayol o`zini aldangan deb
his qiladi.

Nima qilish kerak: Muammolarni mustaqil hal
qilishni o`rganish lozim. Turmushga
chiqayotganda yigit bilan nafaqat maqsadlar
o`xshash lozim bo`lishi, balki umumiy qiziqishlar
va urf-odatlar, qadriyatlar ham mushtarak
bo`lishi lozim.

Просмотров: 961 | Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!