Главная » Qiziqarli ma'lumotlar » Tushda ayon bo`lgan hikmat

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Tushda ayon bo`lgan hikmat

2016 » Июнь » 17




Sirli hodisalar, ajabtovur voqealar
hammamiz uchun qiziq. Shu bilan birga
ularning mohiyatini tushunishga, sababini
bilishga bo`lgan ishtiyoqimiz borligi ham
sir emas. Namanganlik muxlisamiz
Dildoraxon Rahimova o`z hayotida bo`lgan
ana shunday voqealarni tahlil qilishga
urinib, bizga maktub yo`llabdi...

“Har inson uyquga ketganida tush ko`radi. Men
ham ko`zim ilinishini bilan rang-barang
hodisalar olamiga sho`ng`iyman. Ya`ni,
tinimsiz tush ko`raman. E`tiborli tomoni
shundaki, har bir ko`rgan tushim menga
kelajakda sodir bo`lishi kutilayotgan nimalardir
haqida so`zlaydi. Bundan ba`zan hayratga
tushaman, gohida vahima ham bosadi. Keling,
sizga ana shunday voqealardan birini gapirib
beray...

Kichik ovsinimning to`rtta qizchasi bor. Albatta,
o`g`il fazand ko`rishni shunchalar istardiki,
o`tirib qolsak hasrati shundan boshlanardi.

To`rtinchisi hali bir yoshga to`lmagan, shuning
uchun yana farzand ko`rishni reja ham
qilayotgani yo`q. Buni barchamiz yaxshi
bilardik.

Ana shunday kunlarning birida tushimga bir
bolakay kiribdi. Ikki-uch yoshlar oralig`idagi
o`g`il bola. Ovsinim yashaydigan uyning
darvozasi oldida yig`lab turganmish. Ovsinim
uni “Uyga kirma, keraging yo`q”, deb haydar,
bola esa chirilab yig`lab oyoqlariga
yopisharmish. Haligi bolakayning ko`zi menga
tushib yonimga yugurib kelibdi.

— Kiraman, kiraman, — deb uyni ko`rsatib,
menga qarab ham yig`larmish.

Rahmim kelib, ovsinimga “uyga kiriting”,
debman.

— To`rt bola bilan esim og`ay deyapti, bu kirsa
hamma joyni ag`dar-to`ntar qiladi-yu! —
dermish.

— Bo`lmasa biznikiga yuraqol, — debman
bolachaga.

U esa rozi bo`lmabdi.

Ishonasizmi, shu tushni ikki kuncha hatto
kunduzi ko`zim ilinganida ham ko`rdim.

Avvaliga parvo qilmadim. Ammo takror
ko`ravergach, o`ylanib qoldim. Albatta, ta`bir
qilishga cho`chirdim. Taxminim to`g`ri
chiqishiga qarab ish qilaman, deya ovsinimga
qo`ng`iroq qildim.

— Mabodo, bo`yingizda yo`qmi? — so`radim
undan.

— Yo`g`-a, chaqalog`im bor-ku, — dedi u.

— G`alati tushlar ko`ryapman. Menimcha, siz
yaqinda homilador bo`lasiz. O`g`il bo`ladi.
Lekin tug`ishni istamaysiz. Chunki tushimda
o`g`lingizni ko`ryapman. “Uyga kiraman”, deb
rosa yig`layapti, siz kiritmayapsiz...

— Voy, rostdanmi? — ovsinimning ovozi titrab
ketdi. — To`g`risini aytsam, chindan ham
homiladorman. Oldirib tashlamoqchi bo`lib
yuribman. Tug`ishni istamaganim uchun ham
sizga “yo`q”, degandim. Unda nima qilay?
Rostdan ham o`g`ilmikan?

— Bilmasam. Hammasi Xudoga ayon. Lekin
men tushimda o`g`il bolachani ko`ryapman.

— Tug`sammikan, yo? — ikkilandi ovsinim.

Keyin esa qat`i qarorga keldi: — Tug`aman. Axir
siz homiladorligimni aytmasam ham bildingiz-
ku, bunda ham bir hikmat bordir?

Ishonasizmi, shu ovsinim vaqt o`tib rostdan
ham o`g`ilchali bo`ldi. Ikkalamiz ham qotib
qoldik.

Bu kabi voqealar hayotimda ko`p sodir
bo`lyapti. Yaqinda, qishning qorli kunlarida
ham tush ko`ribman. Ukamning uyida mehmon
bo`lib o`tirgan emishman. Rahmatli otam tirik,
dasturxonning to`rida o`tirganmish. Dasturxon
esa to`la non emish. Bir payt bir qora qarg`a
derazadan kirib, eng katta nonni olib ketmoqchi
bo`libdi. Shunda to`rda o`tirgan otam qo`lidagi
hassasi bilan nuqib, qarg`ani cho`chitibdi va
nonni olib qolibdi.

Men o`zimcha, “Ukamning xonadoniga baraka,
rizq-ro`z keladi va u umrboqiy bo`ladi, hech
kim to`siq bo`lolmaydi”, deb ta`birladim.
Xavotirga ham tushmadim. Ammo, ertasiga
shunday voqea eshitdimki, naq yuragim chiqib
ketayozdi.

— Opa, — dedi kelinim hovliqib. — Ukangizning
mashinasi qorda sirpanib, dumalab
ketganmish. Hozirgina ko`rganlar aytdi. Tez
yuring, men boryapman.

Ichimdan nimadir uzilgandek bo`ldi. Yo`lda
ming xayolda ketayotganimda birdan lop etib
esimda tushim keldi. Ishonasizmi, birdan
xotirjam tortdim va kelinimga qo`ng`iroq qildim:
— Xavotir olma, eringga hech narsa qilgani
yo`q!

Etib borganimizda rostdan ham ukamning etti
muchasi sog`, mashinasini odamlar yordamida
o`nglab ham olgan ekan.

— Xudo bir asradi, hech narsa qilmadi. Biror
joyim shilinmadi ham. Sadaqa berib
yuboraman-e! — dedi u bizni qarshi olarkan.
Shunda mening ko`z o`ngimga qarg`a olib keta
olmagan non keldi. Ichimda dedim: “Rostdan
ham Xudo seni bir asradi!”

Просмотров: 503 | Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!