Главная » Texnologiyalar » Viber foydalanuvchilari bilishi kerak bo‘lgan 7 ta sir

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Viber foydalanuvchilari bilishi kerak bo‘lgan 7 ta sir

2016 » Июнь » 17




The Fun nashri smartfon foydalanuvchilarining ko‘pchiligiga tanish bo‘lgan Viber messenjeri bilan bog‘liq ba’zi sirlarni oshkor etdi.

1. Qachon onlayn bo‘lganingiz haqidagi
ma’lumotni yashiring

Buning uchun “Sozlashlar” menyusi orqali
“Konfidensiallik”ka kiring va “Onlayn” (“V seti”)
statusini o‘chirib qo‘ying. Endi Viber’ga
kirsangiz ham, bu haqda hech kim bilmaydi.

2. Xabar ko‘rilgani haqidagi statusni
bekiting

Suhbatdoshingiz undan kelgan xabarni o‘qib
bo‘lganingizni bilmasligi uchun sozlamalarga
kirib, “Xavfsizlik” bo‘limini tanlang va xabar
o‘qilgani haqidagi bildirishnomalarga javobgar
bo‘lgan punktdan “galochka”ni olib tashlang.

3. Telefon xotirasini to‘ldirmang

Viber’dagi chatlardan foto va videolar telefonda
saqlanib qoladi. Uning xotirasini keraksiz
narsalar bilan to‘ldirmaslik uchun,
“Sozlashlar”ga kirib, “Multimedia”ni tanlang va
“Galereyada saqlash” funksiyasini o‘chirib
qo‘ying.

4. Xabarlar jurnalini pochtangizga
yuboring

Kompyuterda xabarlardan iborat jurnalingiz
faylini zaxira sifatida saqlab qo‘ymoqchi
bo‘lsangiz, yozishmani email’ingizga jo‘nating.
Buning uchun Viber’da “Sozlashlar”ga, so‘ng
“Chaqiruvlar va xabarlar”ga kiring va “Xabarlar
jurnalini jo‘natish”ni tanlang.

5. Profil suratini notanish
foydalanuvchilardan yashiring

Profilingiz suratini barcha foydalanuvchilar ham ko‘rishini istamasangiz, “Sozlashlar”ga kirib, “Konfidensiallik” bo‘limidagi “Profil surati”
qarshisidagi “Hech kim” variantini tanlang. Endi o‘z kontaktlaringiz ro‘yxatida bo‘lmagan
foydalanuvchilar sizning fotosuratingizni ko‘ra
olmaydi.

6. “Dasturni ishlatmoqda” statusini
yo‘qoting

Siz telefoningizga o‘rnatadigan deyarli barcha
dastur va o‘yinlar Viber bilan sinxronlashadi.
Shu tariqa, ular ro‘yxatingizdagi qolgan
kontaktlarga ham ko‘rinadi. Ushbu funksiyani
o‘chirish uchun, “Sozlashlar” —
“Konfidensiallik”ka kiring va “Dasturni
ishlatmoqda” punktidan “galochka”ni olib
tashlang.

7. Parol qo‘ying

Xabarlaringizni kimdir o‘qishini istamasangiz,
Viber’ga parol qo‘yish mumkin. Messenjerning
o‘zi buni taklif qilmaydi, biroq bunday foydali
dasturni har qanday App Store’da osonlik bilan
yuklab olish mumkin.

Просмотров: 289 | Категория: Texnologiyalar | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!