Главная » Shou-biznes yangiliklari » Xonanda Alijon Isoqov avtohalokatga uchradi (foto)

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Xonanda Alijon Isoqov avtohalokatga uchradi (foto)

2016 » Июнь » 28




Xonanda Alijon Isoqov avtohalokatga uchradi. Hodisa
natijasida xonandaning Toyota Land Cruiser Prado
avtomobili jiddiy zarar ko‘rdi, avtomobil ichida
bo‘lgan tan jarohati olgan.

Voqeadan xabar topgan jurnalist Feruz Muhammad
xonanda bilan bog‘lanib, vaziyatga oydinlik kiritdi.

— Sizni avtohalokatga uchradi degan noxush xabarni
eshitdik.

— Ustoz san’atkor, xonanda Ahror Usmonov ellik
yoshga to‘lganliklari munosabati bilan ularning
uylarida mehmon bo‘ldik. U yerga Samarqanddan,
Navoiydan, vodiydan mehmonlar kelgan edi. Bilasiz,
hozir to‘ylar yo‘q, hamma san’atkorlar dam olyapti.
Biz ham yaxshi niyat bilan vodiylik, uzoqdan kelgan
mehmonlarimizni ko‘nglini olish uchun, toqqa chiqib,
oilaviy dam olmoqchi edik. Soat ikki yarimlarda Ahror
akani uyida yig‘ilgan bo‘lsak, menimcha, soat uch
yarimlarda avtohalokat sodir bo‘ldi.

— Avtohalokat qanday yuz berdi? Jarohatlanganlar
bormi?

— Rohatga bordim, Rohatdan Chorvoq yo‘liga
ko‘prikni aylanib tushganimdan so‘ng, Ahror aka:
“Mashinangiz juda yaxshi ekan, kelinoyingizga
shunaqa moshina olib beramiz, ularga ham
mashinangiz juda yoqdi”, dedilar. Shunda kelinoyim:
“Mashinangizni o‘zim minib, boshqarib ko‘ray”, deb
so‘radilar. “Hozir post bor, postdan o‘tib olaylik,
undan so‘ng bemalol boshqarib ketaverasiz”, dedim.
Ahror aka: “Hamma hujjatlar joyida-ku,
kelinoyingizda ham haydovchilik guvnomasi bor,
mashinanning egasi siz bo‘lsangiz, sizning ham
hujjatlaringiz joyida bo‘lsa”, deganlaridan keyin, rulni
kelinoyimga berib, o‘zim haydovchi o‘rindig‘ining
orqa tomonidagi o‘rindiqqa o‘tirdim. Mashinada men,
Ahror aka, ularning turmush o‘rtog‘i, uch qizalog‘i va
shogirdi — jami yetti kishi bor edi. Mening oilam
boshqa mashinada kelayotgan edi. G‘azalkentga
yetganimizda to‘satdan to‘s-to‘polon boshlanib
ketdi, bu orada kelinoyim rulni o‘ziga bo‘ysundira
olmay, mashina ag‘darilib ketdi.

— Kimlar jarohatlandi?
— Biz mashinada yetti kishi bo‘lgan bo‘lsak, Xudoga
shukr, barchamiz sog‘-salomatmiz. Tan jarohati
olganimiz rost. Ahror aka va men qo‘ldan, kelinoyim
esa oyog‘idan lat yedi. Biz boshqa mashinalarga
urilmadik, bordyurga — beton to‘siqqa urilganidan
so‘ng mashinamiz ag‘darilib ketdi. Xudoga shukrki,
hammamizning jonimiz omon.

— Hozirda ahvolingiz qanday?
— Xudoga shukr, hozir sog‘lig‘im yaxshi, nasib qilsa,
Hayitgacha ko‘rmagandek bo‘lib ketaman.
Xalqimizning, muxlislarimizning duosi bizni asragan
bo‘lsa kerak, deb o‘ylayman. Bo‘lgan voqeadan
jonimiz sog‘-omon chiqqanidan xursandman.
Muxlislarimiz bilan kelishib qo‘ygan to‘ylarga,
kelishilganidek boraman, albatta.

Просмотров: 486 | Категория: Shou-biznes yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!