Главная » O'zbekiston yangiliklari » Xursand Rajabova: Qotillar va ularning sheriklarini duoibad qilinglar dunyo onalari!

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Xursand Rajabova: Qotillar va ularning sheriklarini duoibad qilinglar dunyo onalari!

2016 » Июнь » 20




Men Rajabova Xursand O‘zbekiston
Respublikasining fuqarosi, Buxoro
shahrida yashovchi nafaqaxo‘r bir
mushtipar onaman.

Azizlarim!
Buxoro shahrida tadbirkorlik va
ishbilarmonligi bilan tanilgan
o‘g‘illarim Ilhomjon va Raximjonlarga
nisbatan sodir etilgan
xunrezliklardan 10 oy o‘tgan bo‘lsa-da
hamon o‘zimga kelolmayapman. Hanuzgacha
adolat, haqiqatni yuzaga chiqarish umidi
bilan uyquga ketib, mana shu niyat bilan
tong ottirmoqdaman.

Katta o‘g‘lim Raximjonni 8 yilga qamab,
kenjasi Ilhomjonni o‘ldirib yuborishdi.
O‘g‘illarimga, oilam vakillariga qilingan
xunrezlik bo‘yicha O‘zbekistondagi barcha
davlat idoralariga, O‘zbekiston
Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovga, Respublika bosh
prokuraturasiga, Oliy sud rahbarlariga,
O‘zbekiston Respublikasi MXX raisi va
boshqalarga tinimsiz murojaatlar
qildim. Lekin hammasidan qoniqarsiz
javoblar olaverdim. Buningdek ma’ni-
mantiqsiz olgan javoblarim soni 150 taga
yetib qoldi. Xo‘sh, bu javoblar menga nima
beradi? Nechun davlat idoralaridan
birontasida haqiqatni aniqlashga qaror
qiladigan biron mard topilmasa?
Bunday ahvolda yashashning imkoniyati
bormi? Bir lahza bo‘lsa-da o‘g‘lim
Ilhomjonning qiynoqlarga solib
o‘ldirilgan, burdalangan murdasi ko‘z
o‘ngimdan ketmaydi. Har kuni ne-ne azob
uqubatlar chekib, qamoqda qolayotgan
farzandim Rahimjonni taqdirini
o‘ylayman. Nega ular va ularning
farzandlari ham azoblanishi, tirik yetim
bo‘lib yashashlari kerak?

Nega farzandlarimni bu ahvolga solgan
nokaslar, qonunlarni oyoq osti qilgan
kimsalar ozodlikda, ayshini surib, o‘z
jinoyatlarini davom ettirib yashashlari
kerak? Aslida jazoga loyiq ular emasmi???
Axir yuksak lavozimlarni egallab o‘tirgan
bu kimsalar adolat, yaxshilik, insof-
diyonat kabi fazilatlarga ega bo‘lishlari
kerakmasmi?

Bugun o‘g‘lim Ilxomjonning tavallud topgan
kuni – 16 iyunda Ilxomjonim 44 yoshga
to‘lib 45 yoshga qadam qo‘ygan bo‘lardi. Agar
u
tirik bo‘lganida edi butun boshli oila
a’zolarimiz bilan birgalikda dasturxon
boshiga ota-onalarini o‘tkazib qo‘yib,
shunday kunlar nasib qilganiga Ollohga
shukronalar keltirgan bo‘lardi. O‘g‘limning
tavallud topgan kunida barcha do‘stu
yoronlari uni qutlash uchun ostonamizga
qadam ranjida qilardilar. Mana shunday
tashrifchilar orasida o‘g‘limni joniga qasd
qilishga payt poylab yurgan “do‘stlari”
In’om, Bahodir va Azimlar ham bo‘lardi,
albatta.

Mana bugun esa o‘g‘limning navbatdagi
tug‘ilgan kuni. Ilhomjonim yo‘q,
Rahimjonim esa hech bir aybi qonun yo‘li
bilan isbotlanmay turib 8 yilga qamoq
jazosiga hukm qilindi. Bor mol-
mulklarimiz g‘ayriqonuniy sudning hukmi
bilan davlat foydasiga musodara
qilindi. Xonadonim huvvillab qolgan,
farzandlarimni sog‘inib yurak bag‘rim
tilka-pora bo‘lgan.

Men bugun afsus va nadomatlar bilan
o‘g‘limning qotillari qonun oldida javob
berishlaridan umidimni uza boshladim.
Bundan tashqari, buningdek, qiynoq qurboni
bo‘lgani bois farzandini qora tuproqqa
topshirgan onalar va butun umri qon
qaqshab o‘tayotgan onalar ko‘pchilikni tashkil etishini ham tushuna boshladim. Oilam boshiga bu kunlar tushguncha bizlar atrofimizda nimalar sodir bo‘layotganidan bexabar edik.

Men oilamning tayanchi bo‘lib qolgan, lekin
adolatsiz hukm sabab 8 yillik qamoq
jazosiga hukm qilingan o‘g‘lim Rahimjonni
jinoyat ishi ustidan nazoratga olinib, uni
ozod etilishiga, kenja o‘g‘lim
Ilhomjonning qotillarini qonun oldida
javob berishlari uchun o‘g‘limning
murdasini qaytadan tekshiruvdan
o‘tkazishni va qiynoqdan momataloq bo‘lib
ketgan o‘g‘limni murdasini ekspertizadan
o‘tkazish jarayonlarida o‘zlarimizni
ishtirokimizni ta’minlashlarini talab
qilib murojaatlar qilishni kanda
qilmayman. Uning badanidagi jarohatlar
uning o‘limiga sabab bo‘lmagan deya yolg‘on
xulosa bergan oq xalatli shifokorlarni,
jinoyatchi amaldorlarni jinoiy
sheriklarini ham qonun oldida javob
berishlari uchun harakatlarimni davom
ettiraveraman.

Ushbu qotillik jinoyatini sodir etgan
kimsalarga va ularning jinoyatlarini fosh
bo‘lishiga qarshilik qilgan, o‘g‘illarimning
qiynoqlarga solinganliklari haqidagi
murojaatlariga quloq tutmagan qozilar
ham bu jinoyatlarni yashirishga hissa
qo‘shganliklari uchun qonun oldida javob
berishlari kerak edi. Afsuski, buningdek
adolatsizlik qilib topgan boyliklari
evaziga boqib tarbiyalayotgan
farzandlaridan qaytishini nahotki bu
qozikalonlar va ularning sheriklari
bilmaydilar, harom luqma yeb katta bo‘lgan
farzandlaridan mehr-oqibat
kutadilarmi, bu kimsalar, tushunmayman!
Shu o‘rinda beayb jigarbandi qonun
himoyachilari qo‘lida qurbon bo‘lgan,
adolatsizlikdan jabr tortayotgan onalar
nomidan barcha Onalarga murojaat etaman!
Farzand dog‘i neligini, farzandlarini
yo‘qotish qanday og‘ir dard ekanligini
farzandidan judo bo‘lgan onalargina
biladilar. Mening o‘g‘illarim singari
qonun himoyachisi jandasiga o‘rangan
kimsalarning qo‘lida qiynoqlarga tutilgan,
vahshiyona o‘lim topishiga sababchi bo‘lgan
amaldorlarning qonun oldida javob
berishlariga erishish uchun qilgan
harakatlari natijasiz qolgan onalar
biladilar!

Mening qalbimda shunday bir dog‘ bo‘lib
qoldiki, buni to‘rt muchasi sog‘,
farzandlari adolatsizlik qurboni bo‘lib,
pajmurda bo‘lgan murdasini qabul qilib
olgan va uning o‘limida aybdor kimsalar
ayshu ishratini, jinoyatlarini davom
ettirayotganliklarini ko‘rib bilib turgan,
tunu kun bir xil zulmatga aylangan
onalargina tushunadilar, his qiladilar.
O‘g‘lim Ilhomjonning bevaqt beva qolgan
turmush o‘rtog‘i Hikmatova Nigoraga,
otasidan ayrilib parishon holatga tushib
qolgan nabiralarim 27 yoshli Sabriya, 13
yoshli Rajabnur va 10 yoshli Islomjonlarga
qarab ularning endi hech qachon
Ilhomjonimni ko‘rmasliklari, ota
mehrini qo‘msab butun umr armon va
nadomatlar bilan o‘tkazishlarini o‘ylasam
o‘zimni qo‘yarga joy topa olmay qolaman.
Jigarlari dog‘iga chiday olmasdan, haqiqiy
qotillarga qonun oldida javob
berishlarini talab qilib, davlat
idoralariga tinimsiz bosh urayotgan qizim
Dilfuzaga qarab, akasinig qotillarini
topish ilinjida giryon bo‘layotgan qizimning
hayoti ham xavf ostida ekanligini his
qilsam, dunyo ko‘zimga qorong‘u bo‘lib ketadi.
Afsuslar bo‘lsinkim, hibsga olingan,
qamoqda jazo muddatini o‘tayotgan
farzandlari, jigargo‘shalarining
murdalarini hech bir izohlarsiz qo‘llariga
topshirilayotgan va tezlik bilan qo‘mishni
talab qilinayotgan onalar, turmush
o‘rtoqlar, jigarlar va farzandlar soni
mamlakatimizda balkim yuzlarni,
minglarni tashkil qilar, buni his qilish
qiyin.

O‘zbek onalari, ayollari bugun – muborak
Ramazon oyida farzandlari, turmush
o‘rtoqlari, jigarlari va otalari qiynoq
qurboni bo‘lib vafot etgan insonlarni
qo‘llab, qo‘llaringizni duoga
ochishlaringizni, qiynoq qurboni bo‘lgan
jigargo‘shalarimizning joylari jannatdan
bo‘lishini, farzandidan, otasidan,
jigarbandidan judo bo‘lgan
jabrdiydalarga Ollohning sabru bardosh
berishi uchun duo qilishlaringizni o‘tinib
so‘rayman!

Bundan tashqari, ota-onalarni farzand
dog‘ida kuydirgan, yoshgina ayollarni beva
qoldirgan, jigarlari dog‘ida adoi tamom
bo‘layotgan opa-singillar, aka-ukalarni,
otasidan barvaqt judo bo‘lgan, otam, deya
talpinishdan, otasi bag‘riga singishdan
judo bo‘lgan farzandlar haqqi hurmati,
qo‘llaringizni duoga ochib bevaqt hazon
bo‘lgan qiynoq qurbonlarini azoblagan,
vahshiyona jinoyatlar sodir etgan va o‘z
jinoyatlari uchun qonun oldida javob
berish o‘rniga o‘z lavozimlarida qolayotgan,
qo‘llari qonga botgan qotillarni duoibad
qilishlaringizni o‘tinib so‘rayman!
Buningdek qotilliklar sodir qilgan
kimsalarni jazolanishlariga
mamlakatimizda nasib qilmasligini
tushunib yetsalar-da adolat istab giryon
bo‘layotgan, ohu-nola chekayotgan mazlumlar
haqqi xurmati mana shunday qotillarni va
ularning jinoyatlarini xaspo‘shlab
kelayotgan korchalonlarni umri davomida,
tiriklik paytlarida Olloh tomonidan
jazolanishlarini ko‘rish barchamizga nasib
etishini tilashga – ularni duoibad qilishga
qo‘lingizni oching. Mana shunday kimsalar
bizlar kabi farzand dog‘i neligini o‘z
qalblari bilan his qilsinlar va farzand
dog‘ining sababchisi aynan o‘zlari,
o‘zlarining boshqa jabrdiylarning ohi
nolalariga quloq tutmaganliklari
ekanligini bilsinlar.

Siz aziz onalardan tilagim shu – jaholat,
razolat qurboni bo‘lgan, adolat istab umri
o‘tayotgan insonlarni duo qilinglar, biz
kabi mazlumlarga Ollohim marhamatini
ayamasin, toqatimizga yarasha sinovlar
berishini, toqatimizdan ortiq
sinovlardan o‘zi saqlashini tilab,
qo‘llaringizni duoga ochishlaringizni
o‘tinib so‘rayman.

Qonunlar ustivor bo‘lgan mamlakatda
ilojsiz qolgan, adolat qaror topishiga
Ollohdangina umid qilib yashamaydi
insonlar, qonunlarni bajarilishiga
ma’sul bo‘lganlar bajaradilar bunday
vazifalarni. Afsuski, bizning diyorda
buning imkoni yo‘q ekan. Buni juda kech
tushundim.

Qo‘li qonga botgan qotillarni, ularning
jinoyatlariga sherik bo‘lgan, ularning
jinoyatlarini ko‘rib ko‘rmaslikka olayotgan
mansabdorlarni duoibad qilinglar, dunyo
onalari!

Просмотров: 503 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!