Главная » O'zbekiston yangiliklari » Yasha O'zbekistonim! Yasha Tojikistonim!

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 55
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Yasha O'zbekistonim! Yasha Tojikistonim!

2016 » Июнь » 25




Toshkentda O'zbekiston Prezidenti Islom Karimov va
Tojikiston Prezidenti Imomali Rahmonning
xushchaqchaq suhbat paytidagi fotosurati tarqalgani
yana ikki mamlakat yashovchilari o'rtasida ikki davlat
o'rtasidagi munosabatlar yaxshilanishiga umid
uyg'otgan.

23-24 iyun kunlari O'zbekiston poytaxtida Shanxay
Hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlar rahbarlarining
sammiti bo'lib o'tdi.

Sammit doirasida O'zbekiston va Tojikiston
prezidentlari muzokaralar o'tkazdilar.

ShHT sammiti: Karimov Rahmon bilan uchrashdi
Internet sotsial tarmoqlarida ikki prezident fotosi ostiga
qo'yilgan Like yoki "Yoqadi" degan belgilarni bosganlar
soni ko'paygan.

Feysbuk foydalanuvchisi Shuhrat Rasulov : InshOlloh
niyat qilamiz, viza rejimni olib tashlasalar zo'r
bo'lardi!!!

Farkhod Abdurakhmonov: Tojik va O'zbek ikki tilda
gaplashadigan bitta xalq” deganda O'zbekiston
Prezidenti juda ham to'g'ri, haq gapni aytgan. Markaziy
Osiyoda istiqomat qiladigan boshqa xalqlarni hech
qanday kamsitmagan holda shuni alohida ta'kidlash
zarurki, O'zbek va Tojik millatiday bir-biriga juda ham
yaqin bo'lgan xalqlarni umuman dunyoda kam
uchratasiz. Agarki, ikkita yonma-yon turgan O'zbek va
Tojikni uchratsangiz ularni tashqi ko'rinishlaridan
ajrata olmaysiz, faqat gapirayotgan paytlarida tillaridan
farqlashingiz mumkin. Urf-odatlar, kiyinish, madaniyat
va boshqa hamma jihatdan ham bu ikkala xalq birdir.
Aslini olganda, umumiyatla qaraganimizda
munosabatlar ikkala millat o'rtasida azaldan ham
yaxshi bo'lgan va hozir ham xuddi shunday. Turli
bahonalar, shaxsiy ambitsiyalar bilan ikkala davlat
chegaralarida to'siqlar qo'yilganligi, ikkala mamlakat
o'rtasida viza orqali borish-kelishni joriy etilishi hamda
ushbu chora-tadbirlar tufayli ikkala tomondan ham
fuqarolarga qiyinchiliklar tug'dirilganligiga xalqlarning
hech qanday aloqasi yo'q. Bunday kaltabin ishlar
Hukumatlardagi siyosatchilarning nodonligidir.
Siyosatchilarning tilda bir so'zni aytib amalda
boshqacha harakat etishlarini natijasida azaldan bir
hududda ming yillar davomida birga yashab kelgan
hozirgi Markaziy Osiyo xalqlari o'rtasida sun'iy barer
qo'yildi. Shuning uchun xalqlar o'rtasidagi
munosabatlarda deyarli muammo mavjud emas,
davlatlararo munosabatlarning yomonlashuviga esa
siyosatchilar javobgardirlar. Ular xatolarini anglab etib
mazkur muammolarga chek qo'yishlari zarur.
Davlatlararo munosabatlarning yaxshilanishi bevosita
davlat rahbarlarining siyosiy xohish irodalariga, xalq
manfaatlarini shaxsiy ambitsiyalaridan ustun
qo'yishlariga bog'liqdir.

İrem Bozkurt: Ozbekiston Qirgiziston chegaralari ham
ochilsa yahşi bolardi çunki karindoşlar bir biridan
uzaklaşib ketyapti onam beçora yurtini korolmay
hasratta koldi.

Hussain Tursunaliev: Yaxshi bo'lishi shart va zarur.
Uzog'dagilardan naf yo'q. Urish busayam, terrorchilar
bostirsayam, shu ikkovisiga bostirib kelishadi. Bu
mamlakatlar mustahkam bo'lsa, hech qaysi yovuz
kuchlar tinchligimizni buza olmaydi. Allohu a'lam.

Rustam Tadjiev: Xudo xohlasa yaxshi bo'lishini
istaymiz. Chunki yon qo'shning jon qo'shning degan
maqol bor. Tojikiston urf odati dini bilan bizga yaqin,
hatto qarindosh urug'chilik qilganlar ham bor.
Tojikistonda ham O'zbekistonda ham ikki millat
vakillari istiqomat qilishadi.

Kamil Kasimov: Yaxshilanishi kere.

Mirzo Ulug Bek: Xudo xohlasa yaxshilanadi.

Baxtiyor Sidikov: Ikki davlatning podsholari bir-biriga
yaqin do'st bo'lsa xalq ham bir-biriga yaqin qarindosh
bo'ladi.

Elyor Walker Akramov: Uzbeklar va Tojiklar doim dost
bolgan!

Omonboy Ochilov: Nima yomonmidi? Biz hech kim b-n
yomonmacmiz.
N
Abdusattor Jaloyir: Shundogam yomonmasku

Sanjar Umarov: Omin ilohim yaxshi bulishinini
tilaymiz....

Просмотров: 402 | Категория: O'zbekiston yangiliklari | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!