Главная » Qiziqarli ma'lumotlar » Yerga o'xshash sayyoralar

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 65
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Июнь 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
27282930
Статистика
Мобильная версия сайта

Yerga o'xshash sayyoralar

2016 » Июнь » 4




Astronomlar cheksiz koinot qa’rida ona sayyoramiz —
Yerga juda o‘xshab ketadigan yangi sayyoralarni kashf
etdilar. Mazkur kashfiyot NASAning Kepler kosmik
teleskopi yordamida amalga oshirildi. Notr-Dam va
Vashington universiteti olimlari taxminan bir yil
muqaddam to‘plangan ma’lumotlarni tahlil qilib
chiqishib, shunday xulosaga kelishdi: Kepler-62
yulduzi atrofida aylanadigan ikkita sayyora shunday
kenglikda joylashganki, ularda hayot mavjud bo‘lishi
uchun sharoit yetarli, deb taxmin qilish mumkin. Ya’ni
ular o‘z Quyoshidan shunday masofada joylashganki, u
joy o‘ta isib ham, o‘ta sovib ham ketmaydi. Mazkur
sayyoralarda suv suyuq holda bo‘lishi uchun xuddi
Yerdagidek tabiiy sharoit mavjud. Ularni hajmi va
tuzilishi jihatidan ham Yerga qiyoslasa bo‘ladi.
Kepler-62 yulduzi Quyosh sistemasidan 1200 yorug‘lik
yili olisda joylashgan Lira yulduzlar turkumiga kiradi. U
bizning osmon yoritqichimiz — Quyoshga o‘xshaydi,
biroq undan taxminan bir milliard yil avval paydo
bo‘lgan. Shuning uchun ham xira va qizg‘ish tusda
ko‘rinadi, hajmi nisbatan kichik. Mazkur yulduzlar
turkumida beshta sayyora mavjud bo‘lib, astronomlar
fikriga ko‘ra, ulardan faqat ikkitasi hayot mavjud
bo‘lishi uchun qulayroq o‘rinda joylashgan. Shu
sababli olimlar 62e va 62f deb raqamlangan bu
sayyoralarni Yer II va Yer III, deb atashmoqda.
— Bu sayyoralar orbitasiga doir o‘lchamlar ular shu
choqqacha nazarimiz tushgan barcha fazoviy ob’ektlar
ichida Yerga juda o‘xshab ketadi, deyishga asos beradi,
— deydi kashfiyot mualliflaridan biri, professor Jastin
Krepp.
— 62f sayyorasi Yerdan 1,4 barobar katta, — deydi
astronomiya professori E.Agol. — U o‘zining yoritqich
yulduzidan bizning sayyoramiz Quyoshdan olayotgan
issiqlik va yorug‘likning yarminigina oladi. 62f
sayyorasida bir yil 267,3 kunga tengdir.
62e sayyorasi o‘z yoritqichiga yaqin joylashgan. U
nisbatan issiqroq. Bu sayyora Yerga qaraganda 20 foiz
ko‘p issiqlik oladi va hajmi ham Yerdan 61 foizga
katta. Bir yil 122,4 kunga teng. Modomiki, bu
sayyoralar koinotning hayot mavjud bo‘lishi uchun
shart-sharoit nisbatan qulayroq bo‘lgan burjlarida
joylashgan ekan, olimlar ularda hayotning, binobarin,
ongli hayotning ham mavjudligini ehtimoldan soqit
qilishmayapti. Buning uchun, ya’ni hayotning yuzaga
kelishi, shakllanishi va rivojlanishi uchun ularda vaqt
yetarli bo‘lgan.
Yer II yoki Yer III sayyorasida yoxud bir yo‘la har
ikkalasida ham tiriklik bo‘lishi ehtimol tutilmoqda. Shu
bois bu sayyoralar hozir alohida nazoratga olingan.
Kepler-62 yulduzlar turkumiga Yerdan tashqaridagi
tamaddunlardan mujda axtaruvchi dasturlar bilan
jihozlangan maxsus teleskoplar to‘g‘rilangan. Butun
vujudi ko‘z va quloqqa aylangan astronomlar yaxshi
mujdalardan umidvor. Har holda, o‘zga tamaddunlarni
butun koinot qa’ridan axtargandan ko‘ra, aniq bir
yulduz turkumidan qidirgan afzal-da.
2009 yil may oyida fazoga chiqarilgan Kepler orbital
teleskopi Somon yo‘li galaktikasidagi yulduz
turkumlarini kuzatib borayotir. U o‘zga sayyoralarni
bevosita emas, bilvosita usullar orqali axtarishga
mo‘ljallangan. Ya’ni bu teleskop muayyan bir
yulduzning ravshanligi vaqt o‘tishi bilan nechog‘li
o‘zgarishini kuzatib boradi. Yulduzlar gardishi bo‘ylab
biror sayyora o‘tadigan bo‘lsa, albatta, ularning
ravshanligida o‘zgarish kuzatiladi. Astronomlar
ravshanlikning tebranishiga qarab sayyoralarning
mavjudligini aniqlaydi.
Kepler teleskopi har 30 daqiqada 150 ming yulduzning
o‘lchamlarini qayd eta oladi. Bu astronomlarni bir
necha yillik muttasil ish va zarur ma’lumotlar bilan
ta’minlash deganidir. Chilida joylashgan Yevropa
janubiy observatoriyasining HARPS spektrografi Kepler
teleskopi bilan raqobatlasha oladi. U yulduzlarning
harakatlanish jarayonida yuz beradigan me’yordan
chetga chiqish hollariga asoslanib sayyoralarni
axtaradi. Mabodo birorta yulduzning o‘z yo‘ldoshi
bo‘lsa, yo‘ldosh yulduz atrofida aylanayotib unga ta’sir
ko‘rsatadi, ya’ni tebranishga majbur etadi. Natijada
yulduzning tezligida o‘zgarish kuzatiladi. Sayyoralarni
axtaruvchi apparatlar mana shu tebranishlarni aniq
qayd etadi.
Olimlarni faqat hajman Yerimizga o‘xshash
sayyoralarni axtarib topishgina emas, ularda suv va
o‘simlik olamining bor-yo‘qligi ham qiziqtiradi. Oftob
nurining ko‘zguda sinishidan hosil bo‘ladigan
olachalpoq shu’la hodisasi ulkan ummonlar yuzasida
ham sodir bo‘ladi. Yangi teleskop sayyoralar sathidan
qaytuvchi shunday aks-nurlarni ham qayd eta oladi.
Suvni boshqa xil suyuqliklardan farqlashda esa spektr
tahlillari yordam beradi. O‘simliklardagi yashil rang
xlorofill pigmenti bo‘lib, u infraqizil suratlarda yaqqol
shu’lalanib ko‘rinadi.

Просмотров: 1411 | Категория: Qiziqarli ma'lumotlar | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!