Главная » Musiqa Va Kino » "Yoshlar" telekanalida namoyish etilayotgan hind serialiga e`tiroz bildirildi

ВХОД
Меню сайта
Библиотека (Узб)
Поиск
Мини Профиль
Что бы полноценно пользоваться сайтом, Пожалуйста Пройдите быструю регистрацию!
E-mail:
Пароль:


Новости мира
Фото-видео услуги
Опрос
Оцените мой сайт
Всего ответов: 76
Блоги
Добавляйся
Календарь
«  Май 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031
Статистика
Мобильная версия сайта

"Yoshlar" telekanalida namoyish etilayotgan hind serialiga e`tiroz bildirildi

2016 » Май » 21




O`zbekiston televideniesining tomoshabinlari
navbatdagi tanqid “tosh”larini “Yoshlar”
telekanali orqali namoyish etilayotgan “Kelin”
serialiga “uloqtirishdi”.

Feysbukdagi “Maslahat.uz” guruhi a`zolaridan
biri "MTRKning “Yoshlar” telekanali va uning
hindsevar rahbariyatiga!”, deya shikoyat xati
yozib qoldirdi.

Xatda shunday deyiladi:
“Butun dunyoda minglab seriallar yaratilayotgan
bir vaqtda “Yoshlar” kanali bizga “25-kadr” orqali
behayolikni targ`ib etayotgan hind filmlarini
namoyish etishdan charchamayapti.

Eng avvalo, film vaqtini olaylik: 19:30, ya`ni
butun oila kechki ovqatga jamlanadigan vaqt.
Sizningcha, shu filmlarni oila davrasida ko`rish
mumkinmi? O`pib, quchoqlab, bemaza hazillar
qiladigan, "Sen qachon homilador bo`lasan?",
“Kiyimimni orqasini echib yuboring”ga o`xshash
bemaza kadrlarga boy filmni oila davrasida
qanday ko`rish mumkin?

Kechirasizlaru, o`zbek xalqi sizlardan bunaqa film
qo`yishingizni so`ramagan! Undan ko`ra multfilm
ko`rganimiz afzalroq!

“Yoqmasa ko`rma!” deyishga shoshilmanglar,
chunki uy bekalari sevimli seriallarini (aslida
hechqanaqa sevimli emas, shunchaki ko`raverib,
ko`rishga o`rganib qolgan!) o`tkazib yuborishga
yo`l qo`yishmaydi.

Yana bir tarafi: ko`plab oilalarda soat 18:00dan
21:00gacha bolajonlarning ekran oldiga
“mixlanib” oladigan vaqti hisoblanadi. Lekin
afsuski, bolajonlarimiz shunaqa bema`ni seriallar
tomosha qilib ulg`ayishmoqda”.

Shikoyat xati muallifi, shuningdek, yaqinda aynan
“Yoshlar” telekanalida namoyish etilgan va ko`p
sonli internet foydalanuvchilarining noroziligiga
sabab bo`lib, tom ma`noda ularning harakati
bilan efirdan olib tashlangan “Senga oshiqman”
seriali va uning oqibatini ham tilga olgan: “Shu
serialdan keyin qizlarimiz elkasining orqa tarafi
keng ochiq bo`lgan kiyimlarni moda qilib olishdi,
kimdir o`z qiziga "Ishani" deb ism qo`ydi”, - deydi
muallif.

Xat so`nggida muallif “oilaviy yig`ilib televizor
tomosha qilganda sevgi-muhabbat, ehtiros va
hokazo filmlarni emas, odamni dunyoqarashini
kengaytiradigan, qiziqarli filmlar ko`rish” istagi
borligini aytgan.

Mazkur tanqidiy postni foydalanuvchilarning
aksariyati qo`llab-quvvatlagan. Ulardan biri
o`zimizning milliy urf-odatlarimizni targ`ib
qiladigan, oila davrasida birgalikda ko`rib, ibrat
olgulik seriallarni ishlab chiqarishsa, nur ustiga
a`lo nur bo`lishini aytgan.

Просмотров: 663 | Категория: Musiqa Va Kino | Добавил:Hamidjon


В Ok.ru и в других социальных сетях будь первым!

Всего комментариев: 0

avatar

Только зарегистрированные могут оставить комментарии. Пожалуйста Пройдите Регистрацию!